2024-yilda ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqildi. Buning
natijasida 6 338 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi. Hisobot
davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor
shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6 991 ta ish
ko‘rib chiqildi. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq
ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va
yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan. Viloyat va unga
tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3 174 ta ish ko‘rib
chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 385 ta qaror bekor
qilinib, 14 ta qaror o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 1 208 ta ish ko‘rib
chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor
qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 1 649 ta ish ko‘rib
chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 141 ta qaror bekor
qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi. Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’ati tomonidan taftish tartibida 2 132 ta shikoyat va protest o‘rganib
chiqilib, shundan 309 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada
quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 95 tasi bekor qilindi.
Nima uchun sud qarorlarini qayta
ko‘rib chiqish zaruriyati mavjud. J.Nematovning fikriga ko‘ra Apellatsiya
instansiyasining asosiy vazifalaridan biri bu ishni mohiyatiga ko‘ra qayta
ko‘rib chiqish orqali ma’muriy ishni hal qilishda birinchi instansiya tomonidan
yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishdan, odil sudlovni ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining MSIYtKga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ–662-son Qonuni bilan O‘zbekiston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish
to‘g‘risidagi kodeksining 28-bobi chiqarilgan, 2024 yil 30-avgustdagi
O‘RQ-968-son O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda
ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni bilan Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish
yuritish kiritildi.
Hozirda Dastalb apellatsiya
instansiyasida ish yuritish haqida to‘xtalsak.
Xo‘sh, kimlar apellatsiya shikoyati
bilan murojaat qilish huquqiga ega. J.Nematov tomonidan ushbu instansiya juda muhim ahamiyat kasb
etishi ta’kidlangan. MSIYtKning 200-moddasiga binoan ishda ishtirok etuvchi
shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va
majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi
instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan
apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga
haqliligi keltirilgan. Demak, quyidagilar:
v ishda
ishtirok etuvchi shaxslar;
v ishda
ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida
sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar;
v prokuror
esa apellatsiya protesti keltirishga haqli.
v O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining
qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga
haqlidir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar,
shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va
majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi
instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan
apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga
haqli. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining
qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga
haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar
mustasno.
Apellatsiya
tartibida ish yuritish, shuningdek, MSIYtK 200-moddasi birinchi qismiga
muvofiq, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda
ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala
sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi
mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, uning ustidan
shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Apellatsiya shikoyati yozma tarzda
tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda –
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hududiy harbiy sudning hal qiluv
qarori ustidan berilganda esa – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan
ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi,
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan birinchi
instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda –
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati
tomonidan ko‘riladi. Apellatsiya
shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq shuni
e’tiborga olish lozimki, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini
qabul qilgan sudga beriladi. O‘zbekiston respublikasida Ma’muriy
ishlarni ko‘ruvchi istansiya sudlarining ulushi diagramma ko‘rinishida.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud
shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni
apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Demak,
apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga biroq hal
qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Agar qonunda boshqa muddat
belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul
qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini)
berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi
bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, apellatsiya shikoyatini
(protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan
uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin. Apellatsiya shikoyatini
(protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
ajrimda ko‘rsatiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini)
berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini)
qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi “Ma’muriy
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil
27-noyabrdagi “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilingan. Biroq ushbu Plenum
qarorlarida prokuror tomonidan protest keltirish shartlari sifatida “o‘zining
ishtirokida ko‘rilgani” yoki prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha esa
“tarafning murojaati mavjud bo‘lishi” haqida rahbariy ko‘rsatmalar berilgan
bo‘lsa-da, biroq MSIYtK normalarida prokuror tomonidan apellatsiya yoki
kassatsiya protesti keltirish uchun bunday shartlar belgilanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining 20.04.2021-yildagi “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya
tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 15-sonli qarorida apellatsiya
instansiyasida ish yuritish prokurorning protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi deb ko‘rsatilgan.
Apellatsiya protesti keltirish uchun prokurorning ma’muriy ishda ishtirok
etishi yoki protest keltirish uchun tarafning ishtiroki belgilanmagan.
Prokuror tomonidan sud hujjatlariga
nisbatan protest kiritish vakolati O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud
ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi va “Prokuratura
to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi 12.04.2018-yildagi O‘RQ–474-son Qonunining 15-moddasiga muvofiq,
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining
xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi
organga yoki mansabdor shaxsga yohud qonunda belgilangan tartibda sudga
shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Jamoatchilik nazorati subyektlari
sudning qaroriga nisbatan shikoyat berish huquqi berilgan huquqlari va
majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar toifasiga
kirmaydi va o‘zlari sudga murojaat qilmagan hollarda sud hujjati ustidan
apellatsiya (kassatsiya) shikoyati berish vakolatiga ega emaslar.
“Soliq maslahati to‘g‘risida”gi
Qonunda ham soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar sudda, huquqni muhofaza qiluvchi
va nazorat qiluvchi organlarda soliq solish masalalari bo‘yicha mijoz (ishonch
bildiruvchi) nomidan va uning topshirig‘iga binoan vakillik qilishni o‘z ichiga
oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakili instituti vakolati O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 05.05.2017-yildagi PF–5037-son
Farmoni bilan tashkil topgan va uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi
“Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi
Qonuni bilan tartibga solingan.
Apellatsiya shikoyati (protesti)
sudga yozma shaklda berilishi va albatta, shikoyatni (protestni) bergan shaxs
yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shart. Shuningdek, apellatsiya
shikoyatida (protestida) quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak: 1) apellatsiya
shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest)
berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan
shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi,
ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; 4)
shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest)
bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga
va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash
uchun keltirgan asoslari; 5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan
hujjatlarning ro‘yxati. Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning
yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi
mumkin. Bulardan tashqari, apellatsiya shikoyatiga quyidagilar
ilova qilinadi: 1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat; 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya
shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini
tasdiqlovchi hujjat; 3) apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan
taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellatsiya protestiga ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu
shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini
yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki
arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va
uni sudga berish chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi
kerak.
Apellatsiya instansiya sudyasi yakka
tartibda apellatsiya shikoyati kelib tushgandan paytdan boshlab besh kundan
kechiktirmasdan quyidagilardan birni qabul qilishi shart: apellatsiya
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish; apellatsiya shikoyatini
(protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish; apellatsiya shikoyatini
(protestini) qaytarish. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul
qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi.
Apellatsiya shikoyati kelib
tushgandan so‘ng yuqorida keltirganimiz MSIYtK talablarida belgilangan shakl va
mazmunga rioya qilingan holda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti)
apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellatsiya
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda
apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish
vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Demak, apellatsiya shikoyati sudya tomonidan yakka
tartibda besh kundan kechiktirmagan holda belgilangan talablarga rioya qilingan
bo‘lsa ish yurituvga qabul qilinar ekan, yuqorida keltirganimiz sudya
apellatsiya shikoyatini rad etishi yoki qaytarib yuborishi ham mumkin ekan,
xo‘sh qanday hollarda apellatsiya shikoyati rad etiladi va qaytariladi.
MSIYtKning 209-moddasiga binoan
sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni
quyidagi hollarda rad etadi, agar:1) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv
qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
tomonidan berilgan bo‘lsa;2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikka
muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin
bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa; 3) apellatsiya shikoyati
(protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan
muddatining tiklanishi rad etilgan bo‘lsa; 5) apellatsiya shikoyatidan
(protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli
apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida
ajrim mavjud bo‘lsa.
Apellatsiya shikoyatini (protestini)
ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari
ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini
qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi. Ushbu holatda sud hujjati ustidan
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini)
ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan
taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan
kunda berilgan hisoblanadi. Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan
quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan
bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki
familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan
imzolangan bo‘lsa; 2) apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma
nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi
dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari
belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat
apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash
muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan
hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan
bo‘lsa; 4) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan
sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa; 5) apellatsiya shikoyati
(protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib
yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa; 6) apellatsiya
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim
chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish
(chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Apellatsiya shikoyatini (protestini)
qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat
bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. Apellatsiya shikoyatini
(protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni
(protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan
hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan
tartibda yuboriladi. Ushbu holatda ham apellatsiya shikoyatini (protestini)
qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi
mumkin. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim
bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga
murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi
qismida ko‘rsatilgan holatlar
bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati
(protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli
O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
tinglovchisi A.N.Yakubov